“Erkatoylarga” chora ko’rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “ba’zi erkatoylarning erkaligi” aks etgan videolar tarqalgani haqida avval xabar bergan edik. Bu holat bo’yicha Toshkent shahar IIBB YHXB o’rganish ishlarini olib borib, yo’l harakati qoidalarini buzib avtomashinasiga serena va mayoqcha o’rnatgan haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko’rdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati ma’lumot berishicha, ” Erkatoylarga” nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJTKning 127-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo’yilgan va haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilgan.
Ulashish:
Sharhlar