Erta nikohlash va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlanmoqda
Oila va xotin-qizlar sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan 18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish marosimlarini o‘tkazish taqiqlanmoqda. Nikohga kiruvchilar arizasiga ko‘ra homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya) nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkinligi belgilanmoqda.
Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajadagi yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanishishi nazarda tutilgan. Faqat tibbiy genetik tekshiruvlar natijasi ijobiy bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Sharhlar