Ertaga O‘zbekistonda havo harorati 41 darajagacha chiqadi

Foto: 9news.com
Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 10-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga soniyasiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.