Seul “axlat hujumlari”ga javoban Shimoliy Koreya bilan chegarada eshittirishlarini qaytadan boshladi

Фото: DW

Janubiy Koreya 9-iyun, yakshanba kuni Shimoliy Koreya bilan chegarada o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar orqali eshittirishni qayta boshladi, deb xabar berdi Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati. KXDRning chegaradosh hududlari aholisi Shimoliy Koreya tsenzurasi nazorati ostida bo‘lmagan yangiliklar va boshqa eshittirishlarni eshitishlari mumkin bo‘ladi.

Seul hukumati bu qarorni KXDR tomonidan davom etayotgan “axlat hujumlari”ga javob deb atadi. May oyining oxiridan beri Shimoliy Koreya Janubiy Koreya tomon 1000 dan ortiq sharlarni uchirgan, ularga axlat qoplari – hojatxona qog’ozi, plastik butilkalar, batareyalar, poyabzal qismlari va go’ng biriktirilgan.

Pxenyan, o‘z navbatida, bunday sharlarning uchirilishi Janubiy Koreyaning avvalgi harakatlariga javob ekanligini, u ham KXDRga Kim Chen In rejimiga qarshi kurashga chaqiruvchi havo sharlaridagi varaqalar, shuningdek, dollar kupyuralari va qog‘oz pullarni yuborganini aytdi. KXDRda taqiqlangan Janubiy Koreya filmlari va pop musiqasi aks etgan flesh-disklar shular jumlasidan.

Seul birinchi marta 2004-yilda ikki Koreya davlati o‘rtasidagi chegara chizig‘i bo‘ylab o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar orqali KXDRga xabarlar eshittirishga urinib ko‘rgan va uni vaqti-vaqti bilan tiklagan. Shimoliy Koreya tsenzurasiz yangiliklar va taqiqlangan musiqa chegara qo‘shinlari va aholini ruhiy tushkunlikka tushirishidan qo‘rqib, unga qarshi kurashmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.