Fargʻonada Damas avtomobili kanalga tushib ketdi
26-noyabr kuni tunggi soat 20:30 da Fargʻona viloyati, Qoʻshtepa tumani, “Xumdon” MFY hududidan oqib o’tuvchi “Janubiy Fargʻona” kanaliga “DAMAS” rusumli avtomobil ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganligi haqida FVBga xabar tushgan. Bu xaqda vazirlik matbuot xizmati yozmoqda.
FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar yo‘lovchi boʻlgan.
Haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi avtomobil suvga tushgan vaqtda oʻz harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Ulashish:
Sharhlar