Farg‘onoda o‘g‘irlangan yuzlab gaz ballonlari topildi

Фото: ТАНТАЛ-Д

Fargʻona viloyati Buvayda tumanida 14-oktabr kuni oʻtkazilgan reyd tadbirlarida tumanning “Dehqonobod” va “Doʻstlik” MFYlarida suyultirilgan gaz ballonlarini noqonuniy saqlash uchun moʻljallangan “bunker”lar aniqlandi.

Xususan, “Dehqonobod” MFYda fuqaro A.T. ga tegishli noturar joyda 69 ta, fuqaro E.F. xonadonida 35 ta “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminotiga tegishli maishiy gaz ballonlari topilgan. Fuqaro A.K. mahalladagi noturar joyda “bunker” tashkil qilgan va u yerda 110 ta maishiy gaz balloni aniqlangan. Shuningdek, “Doʻstlik” MFYda joylashgan fuqaro A.T. ga tegishli noturar joyda T.H. tomonidan “bunker” tashkil etilgan holda, 200 dona gaz balloni saqlanayotgani maʼlum boʻlgan.

Tadbirlar davomida jami 414 dona (314 tasi suyultirilgan gaz bilan toʻldirilgan) maishiy gaz ballonlaridagi 6,2 ming kg suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilinishining oldi olindi.

Holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilgan va barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.