Franzus aktyori Alen Delon 88 yoshida vafot etdi

Aktyorga katta mashhurlikni  „Yarqiragan quyoshda“gi Tom Rishli roli olib kelgan.

„Rokko va uning aka-ukalari“, „Oyning tutilishi“, „Qoplon“, „Samuray“, „Qora lolalar“, „Trotskiyning oʻldirilishi“, „Mesye Klyayn“ kabi filmlardagi oʻz qahramonlari orqali munofiq insonlarning oʻziga xos psixologiyasini, moddiy va maʼnaviy konfliktlarni mohirona ochib bergan.

Oʻzining kelishgan tashqi koʻrinishi, ijrosidagi plastiklik, joʻshqinlik sarguzasht va detektiv filmlarda, shuningdek, oʻzi sahnalashtirgan „Politsiyachi terisi uchun“, „Boʻysunmas“ filmlarida yaqqol koʻzga tashlandi.

Delonning oxirgi ijro etgan rollaridan biri “Asteriks va Obeliks:Olimpiada oʻyinlarida“ filmidagi Sezar obrazidir.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.