Toshkent tumanlaridan birida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Фото: Ixbt

Taʼmirlash ishlari tufayli Bektemir tumanining “Musaffo”, “Nurli yo‘l”, “Sohil” va “Oltintopgan” MFYlariga 2-avgust kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar bermoqda.

Ushbu MFYlardagi aholi isteʼmolchilari soni 1678 taga, ulgurji isteʼmolchilar soni 26 taga teng.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.