Toshkentning uchta tumani aholisi vaqtincha gazdan uziladi

Фото: Ixbt

Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkentning Yunusobod, Mirobod va Olmazor tumanlarining ba’zi hududlariga 11-iyun kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar bermoqda.

Gaz quyidagi hududlarda bo‘lmaydi:

Yunusobod tumani (soat 08:00 dan 20:00 gacha): “Turkiston”, “Astrobod” va “Islomobod” MFYlari
Aholi isteʼmolchilari soni: 56 ta ko‘p qavatli uylardagi 4300 ta xonadon, 45 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 25 ta

Mirobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha): Mehrjon ko‘chasi
Aholi isteʼmolchilari soni: 2 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 11 ta

Olmazor tumani (soat 10:00 dan 14:30 gacha): “Ziyo” MFY
Aholi isteʼmolchilari soni: ko‘p qavatli uylardagi 96 ta xonadon, 32 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.