Germaniya Ichki ishlar vazirligi Gamburg islom markazining faoliyatini taqiqladi
Germaniya Ichki ishlar vazirligi Gamburg islom markazini (IZH) taqiqladi.
Taqiq assotsiatsiya tarkibiga kiradigan bo‘linmalarga ham taalluqli. Bu haqda vazirlik 24-iyul, chorshanba kuni ertalab ma’lum qildi.
Bayonotda qayd etilishicha, Gamburg islom markazi Eronning “Islom inqilobi oliy rahbari”ning “bevosita vakolatxonasi” hisoblanadi.
U “Islom inqilobi” deb atalmish mafkurani Germaniyada tajovuzkor shaklda tarqatmoqda va uni amalga oshirishni istayapti”, – deya ta’kidlaydi Germaniya IIV.
Shu kuni Germaniyaning sakkizta federal yerida, jumladan Gamburg, Bremen, Quyi Saksoniya va Bavariyadagi 53 ta obуektda tintuv ishlari olib borilmoqda.
Tashkilotga tegishli mol-mulk musodara qilingan, deya xabar beradi Berlindagi departament.
Sharhlar