Gonkongda 45 muxolifatchi 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi
Gonkong sudi 2019-yilda demokratiya tarafdori bo‘lgan norozilik namoyishlarining 45 nafar yetakchisiga hukm chiqardi. Ular 4 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar beradi Reuters .
Eng yuqori jazo “inqilobga” chaqirishda ayblangan sobiq huquq professori Benni Tay uchun 10 yillik qamoq jazosi edi. Namoyishchilarning yana bir yetakchisi Joshua Vong 4 yilu 8 oy qamoq jazosiga hukm qilindi. O‘z aybiga iqror bo‘lgach, uning jazo muddati uchdan biriga qisqartirildi.
Sud yana to‘rt nafar faolni, jumladan Avstraliya fuqarosi Gordon Ngni norozilik namoyishlari tashkilotchilari deb ko‘rsatdi va ularni yetti yilu uch oygacha qamoq jazosiga hukm qildi.
Hukm qilinganlar 2021-yil 6-yanvarda bir yil avval qabul qilingan Milliy xavfsizlikni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunga binoan hibsga olingan, keyinchalik “Gonkong 47” nomi bilan mashhur boʻlgan 47 kishi orasida.
Sharhlar