Gripp kasalligi kimlarda og‘ir o‘tadi

Tadqiqotlarga ko‘ra, grippning yengil shakli bilan og‘rigan bemorlar organizmi taxminan yetti-o‘n kun ichida tiklanadi. Kasallikning o‘rta og‘ir bosqichida bu muddat o‘n-o‘n to‘rt, ba’zan 21 kungacha cho‘ziladi. Grippning og‘ir shaklidan to‘liq sog‘ayib, quvvatga kirish uchun esa 3 oy vaqt zarur.

Grippdan tiklanish muddati bemorning kasallik boshlanishidan avvalgi immuniteti holatiga bog‘liq.

Shu bois Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, mamlakatda grippni yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshdan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlangan.

Ushbu guruhga quyidagilar kiritilgan:

  • homilador ayollar;
  • 6 oylikdan katta bolalar va nafas olish organlari hamda yurak-qon tomir tizimlarining ma’lum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;
  • 60 yoshdan oshgan shaxslar;
  • 6 oylikdan 59 oylikkacha bo‘lgan bolalar;

    tibbiyot xodimlari;

  • “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironlar hamda nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.