Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Фото: Президент матбуот хизмати

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maktubda, jumladan, O’zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlarimiz qalblarida doimiy saqlanib qolishi ta’kidlanadi.

Davlatimiz rahbari do‘st Eron xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.