Hokimlik davlat xaridlarida qonunbuzilishiga yo’l qo’ydi
Navoiy viloyati G‘azg‘on shahar hokimligida 2024-yil davomida o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarining O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
G‘azg‘on shahar hokimligi tomonidan joriy yil davomida G‘azg‘on shahar markaziy ko‘chalariga kameralar o‘rnatish uchun zarur tovarlar olib berish, shuningdek, “Yoshlar daftarida”gi yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun maishiy texnika va tikuv mashinalari xarid qilish maqsadida 4 ta savdolar bo‘yicha boshlang‘ich narxi 514,0 mln so‘mlik tovar, ish va xizmatlarni bajarish bo‘yicha e’lonlar joylashtirilgan.
O‘rganishlar davomida, mazkur amalga oshirilgan davlat xaridlarining barchasida xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning taklif hujjatlari baholash mezonlari bo‘yicha to‘g‘ri baholanmaganligi aniqlandi.
Hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganligi alomatlari yuzasidan buyurtmachi tashkilotga belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi. Shuningdek, mas’ullarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborildi.
Sharhlar