AQSH Isroilni Eronga javob zarbasi berishda ko‘maklashmasligi haqida ogohlantirdi

Foto: “TASS”

AQSH Isroilga Eron hududiga hujumda yordam bermaydi. Bu haqda ABC telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Ulardan birining aytishicha, bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantga 14-aprel kuni shaxsiy suhbat chog‘ida ma’lum qilgan.

“Isroilda o‘zini himoya qilish uchun harakat erkinligi bor deb hisoblaymiz”, — deya ma’lum qilgan Oq uyning yuqori mansabli vakili telekanalga. Isroilga Eron hududiga zarbalar berishda yordam ko‘rsatish haqidagi savolga javoban, u: “Biz bunda qatnashishimizni tasavvur qila olmaymiz”, — dedi.

14-aprelga o‘tar kechasi Eron yuzlab dronlar va raketalar yordamida Isroil hududiga hujum qildi, ular AQSH va Buyuk Britaniya ko‘magida urib tushirildi. Zarba 1-aprel kuni Isroil tomonidan Eronning Damashqdagi elchixonasiga qilingan hujumga javoban berildi. Shundan keyin Isroil armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Gersi Xalevi Isroil Eronga javob zarbasi berishini aytdi. Ammo 14 yoki 15-aprelga rejalashtirilgan hujum AQSHning nizo kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik va masalani diplomatik yo‘l bilan hal qilish haqidagi da’vatlari tufayli bekor qilindi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.