Hokimliklar baxtsiz hodisalar tez-tez ro‘y beradigan cho’milish joylariga taqiqlovchi belgilar o‘rnatishi shart
Hokimliklar favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamkorlikda har yili 1 maydan 15 sentyabrgacha suvda baxtsiz hodisalar (odamlar o‘limi) tez-tez ro‘y berib turadigan joylarni aniqlashi kerak.
Mazkur hududlar bo‘yicha mahalliy aholi va dam oluvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirg‘oq bo‘ylab cho‘milishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatishi shart.
Shuningdek, suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga taqiqlangan holatlar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.
Ulashish:
Sharhlar