Netanyaxu HAMAS bilan intensiv janglar fazasi yakunlanayotganini ma’lum qildi
G‘azo sektoridagi Rafah shahrida Falastinning HAMAS radikal harakati bilan faol janglar fazasi tez orada yakunlanadi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat telekanallaridan biriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Rafahda intensiv fazadagi jangovar harakatlar tez orada tugaydi, ammo biz operatsiyani va zarbalarni davom ettiramiz va taslim bo‘lmaymiz. Biz ularga bor kuchimiz bilan zarba beryapmiz”, — dedi Netanyaxu. Uning qo‘shimcha qilishicha, janglar shiddati pasaygan taqdirda ham Isroil urushni to‘xtatmaydi va HAMAS yo‘q qilinishiga erishadi.
Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, “G‘azo sektoridagi janglarning intensiv fazasi tugashi” “juda tez orada” kutilmoqda. “G‘azo sektorida intensiv faza yakunlanganidan keyin qarshimizda kuchlarning bir qismini shimolga joylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Va biz buni mudofaa maqsadlarida, shuningdek, Isroil shimoliy hududlarida evakuatsiya qilingan aholini uylariga qaytarish uchun amalga oshiramiz”, — dedi Netanyaxu.
Sharhlar