Isroil Madrimov ochkolar hisobiga mag’lub bo’ldi

Foto: Marca.com

4-avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida katta professional boks oqshomi tashkil etildi.

Ushbu oqshomning markaziy jangida Isroil Madrimov hamda amerikalik Terens Krouford birinchi o‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun jang qilishdi.

Dastlabki raundlarda bokschilar bir-birini o‘rganishga harakat qildi va keyingi raundlarda ikkalasi ham bir qancha xavfli zarbalarni berishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi raundlarda o‘zbekistonlik bokschi ham Krouford ham faollikni oshirdi.

Yakunda hakamlar ochkolar evaziga (116-112, 115-113, 115-113) Terens Kroufordning g‘alabasini e’lon qildi.

Terens Krouford bunga qadar professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan edi.

Madrimov esa oldingi jangida 8-mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.