Iste’molchini chalg’ituvchi reklama insofsiz reklama sanaladi
Reklama to’g’risidagi qonunga ko‘ra, noto‘g‘ri (insofsiz, bila turib yolg‘on) reklama — noaniqligi, bir xil ma’noli bo‘lmaganligi, bo‘rttirib yuborilishi, yashirib ketilishi, tarqatilish vaqti, joyi va usuliga nisbatan talablarning hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarning buzilishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek jamiyat hamda davlat manfaatlariga moddiy zarar va ma’naviy ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan reklamadir.
Bundan tashqari, noto‘g‘ri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek belgilangan Qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama nomaqbul reklama hisoblanadi va ularga yo‘l qo‘yilmaydi.
Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi “Korzinka” ni o’z reklamalarida foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan so‘z jumlalaridan foydalanilganligi uchun sudga bergani haqda yozgan edik.
Sharhlar