Meksikada mer lavozimiga nomzod saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida otib o‘ldirildi

Foto: EPA

Meksikaning Gerrero shtati, Koyuka-de-Benites shahar merligiga “Kuch va qalb Meksika uchun” alyansidan nomzod Xose Alfredo Kabrera Barryentos saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvi chog‘ida otib tashlandi, deb yozadi “RBK”.

Siyosatchi basketbol maydonida saylovchilar bilan turgan vaqtida noma’lum shaxs uning orqa tomonidan kelib, boshiga o‘q uzgan. Ijtimoiy tarmoqlarga joylangan videolarda 15 taga yaqin o‘z ovozini eshitish mumkin. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi voqea joyida yo‘q qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, saylov kampaniyasi davrida ushbu shtatda besh nafar mer lavozimiga nomzodlar va bir nafar deputatlikka nomzod o‘ldirilgan.

2023-yil sentabridan 2024-yil apreligacha 400 ga yaqin meksikalik siyosatchi va jurnalistlar hujumlar qurbonlariga aylangan. Gap qo‘rqitishlar, tahdidlar, o‘g‘irlab ketishlar va hatto qotilliklar haqida bormoqda. Hisobotga ko‘ra, 127 nafar qurbon bo‘lg‘usi saylovlar uchun nomzodlar bo‘lgan, ularning 24 nafari o‘ldirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.