Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish to‘g‘risidagi Hukumat Qarori qabul qilindi

Foto: zarnews

“2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat Qarori (588-son, 18.09.2024 y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

  • shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
  • jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish;
  • aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
  • huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.

Shuningdek, Dasturda belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi hamda natijasi bo‘yicha ma’lumotlar har chorak yakunida Adliya vazirligiga taqdim etib borilishi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.