AQSHda yuzlab avtohalokatlar va bir nechta o‘limlarni Tesla avtopiloti bilan bog‘lashdi

Foto: Getty Images

Tesla avtomobillari avtopilot rejimida 2015—2022-yillarda 467 marta avariyaga uchragan, oqibatda 54 kishi jabrlanib, 14 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda AQSH Yo‘l harakati xavfsizligi milliy ma’muriyati Nuqsonlarni tekshirish boshqarmasi hisobotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Mutaxassislar jami uch xil turdagi avtohalokatlarni aniqlagan:

  • 211 ta holat to‘qnashuv deb hisoblandi, bunda Tesla’ning old qismi boshqa transport vositasi yoki to‘siq bilan to‘qnashgan, ammo e’tiborli haydovchi reaksiya ko‘rsatib, to‘qnashuvdan qochib qolishi uchun yetarli vaqt bo‘lgan;
  • 145 marta “past tortish kuchi tufayli, masalan, ho‘l yo‘lda, yo‘ldan uchib chiqib ketish” holati bo‘lgan;
  • 111 ta holat esa “Autosteer avtomatik rul boshqaruvi haydovchining buyrug‘i bilan tasodifan o‘chirib qo‘yilishi sababli yo‘ldan chiqib ketish” deb baholangan.

Ko‘pchilik haydovchilar avtomobil tizimiga haddan ortiq ishonib qoladi, biroq avtopilot orqali boshqaruv haydovchining yetarlicha e’tiborini va mashinadan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlamaydi, deyiladi hisobotda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.