AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi

Foto: AP

26-aprel kuni kechqurun AQSHning Arizona va Nyu-Meksiko shtatlari chegarasida benzin va propan olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi. Bu haqda Nyu-Meksiko politsiyasi ma’lum qildi.

Oqibatda poyezd yonib ketdi. Jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tusgani yo‘q.

Hodisa yuz bergan hududda yo‘llar yopilgan. Ushbu avtomagistral ikki shtat oralig‘idagi asosiy yuk yo‘nalishi bo‘lgan. Yaqin oradagi uylarda yashovchilar evakuatsiya qilingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.