Polsha Rossiya uzoq aviatsiyasi faolligi tufayli, o‘z qiruvchilarini havoga ko‘tardi

Фото: nv ua

Rossiya uzoq aviatsiyasi faolligi tufayli, Polsha navbatchi harbiy samolyotlarini havoga ko‘tardi. Bu haqda Polsha armiyasi tezkor qo‘mondonligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, tunda Rossiya uzoq aviatsiyasining intensiv faolligi kuzatilgan, u Ukraina bilan bog‘liq bo‘lgan. Polsha xavfsizligini ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilgan, harbiylar doimiy ravishda vaziyatni kuzatib bormoqda, deyiladi qo‘mondonlik xabarida.

26-aprel kuni kechqurun butun Ukraina hududida havo trevogasi e’lon qilindi. Ivano-Frankovsk, Ternopol va Xmelnitsiy viloyatlarida portlashlar yuz berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar Ukrainaning faqat harbiy va energetika obyektlariga hamda ular bilan bog‘liq infratuzilmaga berilayotganini da’vo qilmoqda.

Yil boshidan buyon Polsha tezkor qo‘mondonligi Rossiya samolyotlari tufayli o‘z aviatsiyasini ko‘p marta havoga ko‘targan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.