Norvegiya Leopard 2A4 tanklariga xizmat ko‘rsatish uchun Ukrainaga 13 mln dollar taqdim etadi

Фото: рамблер

Norvegiya hukumati o‘zi avvalroq Kiyevga taqdim etgan Leopard 2A4 tanklariga xizmat ko‘rsatish uchun 13 million dollar taqdim etadi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Byorn Arild Gram ma’lum qildi.

“Xayriya qilingan materiallarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish zaruriyatini hisobga olgan holda, Norvegiya Polshadagi servis markazida Leopard 2A4 tanklari ta’minotiga 150 milliongacha Norvegiya kronini ajratadi”, — dedi u.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.