Rossiyaning Ryazan viloyatida dronlar hujumidan keyin neft zavodi yonib ketdi

взрыв рязань
Фото: Рамблер

Rossiyaning Ryazan viloyatida uchuvchisiz uchar qurilmalar neft zavodiga hujum qildi. Guvohlar yong‘in haqida xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan keyin ikki fuqaro kasalxonaga yetkazilgan, ularning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.

Mahalliy aholi ma’lum qilishicha, zavodga uchta dron zarba bergan.

Ryazan neft zavodidagi yong‘in maydoni 100 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Manbalarga ko‘ra, neft zavodida issiqlik ayirboshlovchi blok qurilmasi alanga olgan. Voqea joyiga yong‘in xizmati yo‘l olgan.

13-martga o‘tar kechasi Rossiyaning Bryansk, Belgorod, Kursk va Voronej viloyatlari dronlar hujumlariga uchradi.

Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari Voronej viloyati osmonida 30 dan ortiq uchuvchisiz uchar qurilmalarni yo‘q qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.