Keldiyorova — O’zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o’yinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi
Diyora Keldiyorova bugungi kun qahramoniga aylandi, – deb yozmoqda Sport vazirligi matbuot xizmati.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlarining -52 kg vazn toifasidagi chempionini mag’lub etish bilan musobaqani boshlab, -48 kg vazndagi chempionni dog’da qoldirish bilan ishtirokini yakunladi.
Shuningdek, yarim finalda aralash javoaviy dastur chempionini ham yengishga erishdi. Shu tariqa, kun davomida uch yo’nalishdagi chempionlarni mag’lub etgan yurtdoshimiz yozgi Olimpiya o’yinlaridagi ilk o’zbekistonlik ayol chempion sifatida tarixga kirdi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham o’z sahifalarida Diyorani qutlagan.
“Bugun o‘zbekistonliklar va shaxsan mening qalbim cheksiz quvonchga to‘ldi — Parij-2024 Olimpiadasida mamlakatimiz ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi! 🥇
Dzyudochi Diyora Keldiyorova — O’zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o’yinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, u Olimpiadada dzyudo bo’yicha ilk oltin medalni olgan sportchimiz sifatida ham tarixga kirdi.
Diyoraning yorqin g‘alabasi bu – faqatgina “oltin medal” emas, balki sport to‘garaklarida tinimsiz shug‘ullanib, ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan ko‘plab qizlar uchun motivatsiya hamdir!
Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi!”, – degan Mirziyoyeva.
Sharhlar