Kreditni vaqtida toʼlamagan fuqarolarning avtomobillari jarima maydonchasiga joylashtirildi

Foto: MIB faoliyatidan

Soʼnggi paytlarda kredit evaziga avtomashina sotib olib, soʼngra kredit shartlarini bajarolmay turli xil huquqiy oqibatlarga duch kelayotgan ayrim fuqarolar koʼp uchramoqda.

MIBning Аngren shahar boʼlimi ish yurituvida Fuqarolik boʼyicha Ohangaron tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan tijorat banklari foydasiga kredit qarzdorliklarni undirish boʼyicha bir necha ijro ishlari mavjud.

Ish yurituvda qarzdor D.Rdan undiruvchi “DAVRBANK” АTB foydasiga 419 million soʼm kredit qarzini undirish boʼyicha ijro hujjati boʼlib, boʼlim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlikni undirish choralarini koʼrish maqsadida qarzdorning manziliga chiqdi. Qarzdor manzilidan topilmagach, YHXB xodimlari bilan hamkorlikda garovga qaratilgan “SNERY” avtotransport vositasi harakatlanib ketayotgan paytida toʼxtatilgan. Byuro xodimlari tomonidan avtomobilь tezda xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

“Yana bir holatda ijro hujjati boʼyicha qarzdor H.Q dan “DAVRBANK” ATB foydasiga 286 million soʼm kredit qarz undirish belgilangan”, – deyiladi xabarda.

Mazkur qarzdorlikni undirish maqsadida boʼlim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning yashash manziliga borilgan. Fuqaroning garovga qaratilgan “JETOUR” avtotransport vositasi xatlanib,jarima maydoniga olib ketilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.