Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday ketmoqda
Joriy yilda 15ta obyektda 9 ta qozonxona va 55 km issiqlik tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan, deb xabar berdi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o’tkazilgan matbuot anjumanida.
Joriy yilda 5 409 ta ko‘p kvartirali uyni kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida ta’mirlash rejalashtirilgan.
Buning uchun boshqaruv tashkilotlarining 149 mlrd so‘m mablag‘lari jalb qilindi.
Mazkur ishlarni tashkil etish uchun boshqaruv tashkilotlarning imkoniyati yetarli. Chunki, ularda 17mingdan ortiq zarur texnika va uskunalar, 12 mingga yaqin ishchi-xodim mavjud.
Joriy yilning bugungi kuniga qadar boshqaruv organlari tomonidan ko‘p kvartirali uylarga 692 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan va 512 mlrd so‘m majburiy badallar undirildi.
Ushbu mablag‘lar hisobidan 4 978 ta uylar ta’mirlandi.
Rejalashtirilgan ishlardan tashqari 311 ta uyning tom qismi, 1 328 ta kirish yo‘laklari, 390 ta yerto‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, 174 ta uylarning fasad qismi ta’mirlanib, 410 ta kodli qulfli temir eshiklar o‘rnatildi.
Boshqaruv organlari tomonidan ushbu ishlarni o‘z vaqtida bajarish uchun undirilayotgan badal pullarini birinchi navbatda uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun sarflanishi nazoratga olingan.
Joriy yilning 1 oktyabrga qadar yana 41 mlrd so‘m hajmdagi ta’mirlash ishlari bajariladi. Hududiy hokimliklar, “Xududiy elektr tarmoqlari” korxonalari bilan hamkorlikda respublikadagi 39 334 ta uylarning 374 mingdan ortiq elektr xo‘jalik obektlarini xatlovdan o‘tkazib “qizil” “sariq” “yashil” toifalarga ajratildi va “qizil” toifadagi 100 mingdan ortiq shitlar mukammal ta’mirlandi.
Mavjud ko‘p kvartirali uylarning 25 694 tasi, ya’ni 1 mln 49 mingta xonadonlar markazlashgan va individual issiqlik energiyasi bilan ta’minlangan.
Sharhlar