Madriddan Toshkent va Urganchga yangi parvozlar yo’lga qo’ymoqda
Ispaniyaning “Iberojet” aviakompaniyasi Madrid — Toshkent va Madrid — Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha charter yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqida “Uzbekistan Airports” xabar bermoqda.
Toshkentga birinchi reys 2024-yil 2-sentabrda, Urganchga — 2024-yil 8-sentabrda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Parvozlar ikki haftada bir marta Airbus A330 samolyotlarida amalga oshirilishi belgilangan.
“Iberojet” — bosh qarorgohi Madridda joylashgan yo’lovchi charter reyslarini amalga oshirishga ixtisoslashgan Ispaniya aviakompaniyasi.
Ulashish:
Sharhlar