Magistratura uchun mandat natijalari 20-avgustga qadar e’lon qilinadi

Foto: nuu.uz

Magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o’tkazilmaydi. Ushbu mutaxassisliklarga tanlovda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko’rib chiqiladi.

Magistratura mutaxassisliklari uchun mandat natijalari 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.

Hujjatlarni topshirish vazirlikning magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Avvalroq, magistratura uchun til sertifikati talabi yo‘nalishlarga qarab o‘zgartirilgani haqda xabar bergan edik.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.