Qashqadaryoda paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan mahalla raisi jarimaga tortildi
Qashqadaryo viloyatidagi mahalla raisining paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligi bo‘yicha tarqalgan ovozli xabari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Davlat mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati.
O‘rganish davomida Shahrisbz tumanidagi “Paxtakor” MFY raisi L.O‘roqov 2024-yil 9-oktabr kuni Nushkent qishlog‘ining “Nushkent birlashaylik” telegram kanaliga ushbu ovozli xabarni yuborib ishsiz fuqarolarni paxta yig‘im-terimiga chaqirganligi, shundan so‘ng ular terimga kelganligi ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan L.O‘roqovga nisbatan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (18 750 000 so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.
Sharhlar