Mansabdor shaxslar pora olayotgan paytida qo‘lga tushdi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasining Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi mansabdor xodimi Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan maxsus texnikalar yordamida “Qashqadaryo” daryosi atrofidan noqonuniy ravishda qum qazib olayotganlik holatini aniqlanganva mansabdor shaxs unga nisbatan chora ko‘rmaslik va ushbu noqonuniy holat yuzasidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan ekskavator-yuklagich texnikasini chiqarib berish, shuningdek, kelgusida qum qazib olishida rahnamolik qilish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyatidagi qurilish obyektlarida nazorat o‘lchov faoliyatini amalga oshiruvchi MCHJning yetakchi mutaxassisi Jizzax viloyatida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan joriy yilning may oyida prokuratura organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida, ushbu MCHJ tomonidan Yangiobod tumanida amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat o‘lchovida aniqlangan qo‘shib yozish holatlarini tekshiruv xulosasida ko‘rsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln. so‘m talab qiladi hamda pul mablag‘laridan 150 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Holat bo‘yicha qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari hamda 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Sharhlar