Chet el kompaniyalari Ukrainani qayta tiklash ishlarini boshlab yubordi

Фото: unn.ua

Ukrainada chet el kompaniyalari tomonidan infratuzilmani qayta tiklash ishlari boshlanmoqda, deb yozadi Bloomberg. Avstriya, Germaniya va Turkiya kompaniyalari allaqachon bunday ishlarga kirishgan.

Avvalroq Yevropa investbanki qayta tiklashga 1 trillion yevro ketishini prognoz qilgandi. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa mamlakatlariga ko‘makni ko‘zda tutgan Marshal rejasi bo‘yicha AQSH tomonidan ajratilgan mablag‘lardan besh marta ko‘p demakdir (inflyatsiyani hisobga olganda).

Turkiya firmalari ko‘priklar, yo‘llarni qayta tiklamoqda, energogeneratorlar va ko‘chma kasalxonalarni yetkazib bermoqda.

Avstriya va Germaniya kompaniyalari esa infratuzilma va mudofaa korxonalarini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Xususan, Germaniyaning Rheinmetall AG konserni avvalroq Ukrainada 155 mm kalibrli artilleriya o‘q-dorilarini ishlab chiqarish korxonasini ochish rejalari haqida e’lon qilgan edi. Fixit qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi esa Ukraina g‘arbida ishlab chiqarish maydonini tashkil qiladi, Bayer AG kimyo kompaniyasi urug‘ ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqda. Daniya Ukrainaning Nikolayev shahrida kemasozlik markazini qayta tiklashga 130 million dollar ajratdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.