Marg‘ilondagi sexda 5 mlrd. 604 mln. so‘mlik 2 mln. 155 ming kub metr gaz o‘g‘irlagan
Marg‘ilon shahri “Kichik sanoat zonasi” hududidagi noturar joyda fuqaro T.M. va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, qo‘lbola gaz qurilmalarini (gorelka) o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvuriga yashirish ravishda ulab, 5 mlrd. 604 mln. so‘mlik 2 mln. 155 ming kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar T.M., K.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.
Sharhlar