Prezident saylovidan keyin Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari kasalxonaga tushib qoldi

Зам Лаврова
Фото: МТ

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari , 63 yoshli Sergey Ryabkov 17-mart kuni infarkt bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda Baza Telegram-kanali. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

“Kommersant”ning manbalari Ryabkov yurak bilan bog‘liq muammolar tufayli kasalxonada ekanini tasdiqladi, ammo vazir o‘rinbosari og‘ir ahvoldaligi tasdiqlanmadi.

Sergey Ryabkov Rossiya Tashqi ishlar vazirligida Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari bilan ikki tomonlama aloqalar, qurol-yarog‘ tarqatmaslik va ular ustidan nazorat, Eron yadro dasturi muammosi hamda RFning BRIKS birlashmasidagi ishtiroki masalalarini boshqaradi. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib 2008-yil avgustida tayinlangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.