Mashhurlarga “можно”mi: Jahongir Otajonov avtomobilida 195 km/soat tezlikda harakatlangan

Foto: videodan

«Kecha Zeekr qancha tezlikka chiqarkan deyishgandi. Qani ko‘ramiz. Sharoit bor chiqarishga», — deya avtomobil haydayotgan holatda telefonida videoga olib ketmoqda xonanda instagramdagi sahifasiga joylagan videoda. «195 ga chiqardim, uyog‘iga harakat ko‘p ekan, to‘g‘risi, qo‘rqdim. Balki 200 ga ham chiqar», — deya alohida ta’kidlaydi.

Xonanda Zeekr X avtomobilida yuqorida tezlikda harakatlangan va uni boshqaruv vaqtida telefonida tasvirga olib, instagramdagi sahifasiga joylagan.

Videoga ko‘ra, qoidabuzarlik aholi yashash punktidan tashqarida, avtotrassada sodir etilgan, bunday joylarda ruxsat etilgan maksimal tezlik esa 100 km/s (ayrim hududlarda — 110 km/s)ni tashkil etadi. Qo‘shiqchi bir qo‘lida rulni ushlagan holda, boshqasi bilan telefoni orqali spidometrni videoga oladi. U rolikni Instagram’dagi sahifasiga joylagan.

Videoda u piyodalar o‘tish joyidan qariyb 150 km/s tezlikda o‘tgani ko‘ringan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.