McDonald’s sudda g’olib chiqdi, Alisher Usmonov ukasining noqonuniy talablari bekor qilindi

Фото: iStock

Bugun Toshkent shahar xo‘jalik sudida McDonald’s savdo belgisining O‘zbekistondagi faoliyati to‘xtatilishi bilan bog‘liq nizo bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tdi va sud brend foydasiga qaror qabul qildi.

“Reach Impex” kompaniyasi Adliya vazirligiga ushbu tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish talabi bilan murojaat qilib, bir vaqtning o’zida McDonald’s tomonidan tovar belgisini himoya qilishni bekor qilishga uringan, biroq sud McDonald’sning ushbu tovar belgisiga bo’lgan huquqlarini tan oldi va McDonald’s O’zbekistonda tovar belgilaridan so’nggi bir necha yil ichida foydalanilganini aniqladi.

2022-yil 19-aprelda 211,1 million so‘m ustav kapitali bilan ro‘yxatdan o‘tgan va ulgurji noixtisoslashtirilgan savdo bilan shug‘ullanuvchi kompaniya ta’sischilari Bahodir Burxonovich Usmonov (60 foiz) va Abror Axralovich Abdujabborov (40 foiz) bo‘lib, ular kompaniya rahbari ham hisoblanadi.

Bahodir Burxonovich Usmonov huquqiy mojaro ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinganidan so‘ng “Reach Impex” asoschilari orasidan chiqib ketgandi.

Bahodir Burxonovich Usmonov asli oʻzbek boʻlgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning ukasi. Bu haqda uning qizi Gulnora (Ganya) Usmonova 2017-yil dekabr oyida “Tatler” jurnaliga bergan intervyusida gapirgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.