Mehnat davrida oila boquvchisi vafot etsa, uning ziyoni ish beruvchi tomonidan qoplanadi

Foto: qalampir

Qonunga ko’ra, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni quyidagicha qoplanadi:

  • voyaga yetmagan shaxslarga — 18 yoshga to‘lguniga qadar;
  • 18 yoshdan oshgan o‘quvchilarga — kunduzgi ta’limni tugatguniga, lekin ko‘pi bilan 23 yoshga to‘lguniga qadar;
  • 55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;
  • marhumning qaramog‘ida bo‘lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo‘lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a’zosiga — qaramog‘idagi shaxslar 14 yoshga to‘lguniga qadar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.