Shavkat Mirziyoyev mehnat ta’tiliga chiqdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 26-iyuldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi”, — deyiladi xabarda.
Mehnat ta’tili qancha vaqt davom etishiga aniqlik kiritilmagan.
Bundan avval Prezident 2024-yil 22-aprelda mehnat ta’tiliga chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, 24-iyul kuni Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni bo‘lgan, uni xorijiy davlatlar, hukumat va parlamentlar rahbarlari, siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillari, xalqaro tashkilotlar yetakchilari, yurtimizdagi mahallalar ahli va mehnat jamoalari ushbu kun bilan tabriklagan edi.
Sharhlar