Merey Omonboyeva ishi sudda ko’rilmoqda
Joriy yilning aprel oyida Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida xabar berilgan edi.
Endilikda mazkur ish sudda ko‘rib chiqilmoqda va Oliy sud portalidagi tegishli jadvalga ko’ra, jinoyat ishi 18-sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida sudya Alisher Saydullayev raisligida ko‘riladi.
Merey Omonboyeva Navoiy shahar hokimi orqali yer maydoni olib berishni va’da qilib, quruvchi tadbirkordan katta miqdorda pul olganlikda gumon qilinmoqda hamda Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi a-bandida bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.
Ma’lumot uchun, Merey Omonboyeva 1997-yilda Navoiy viloyati, Nurota tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. U 2020-yilda Zulfiya mukofotini olishga sazovar bo’lgan. Omonboyeva 2024-yil 6-mart kuni Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan va unga qadar Navoiy shahri “Zarafshon” MFYda hokim yordamchisi vazifasida ishlagan.
Sharhlar