Mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan 387 ta noqonuniy qurilmalar aniqlandi

Foto: aniq.uz

Aholiga ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan 387 ta noqonuniy foydalanilayotgan qurilmalar faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi axborot xizmati.

  • Sohaga oid qonun va normativ hujjatlar, davlat standartlari talablariga rioya qilinishi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan 30 890 ta nazorat tadbirlari va 477 ta obyektlarda o‘rganish va 30 413 ta monitoring tadbirlari tashkil etilgan.
  • Nazorat tadbirlari davomida 13 711 ta kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha 244 ta ko‘rsatma, 108 ta taqdimnoma, 1179 ta ogohlantirish xatlari va 243 ta xulosa va takliflar chiqarilishi natijasida, 10 mingdan ortiq kamchilik bartaraf etilgan.
  • Qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan 131 nafar shaxsga, jumladan 68 nafar jismoniy va 63 nafar yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgan.
  • O‘tgan 6 oy davomida Inspeksiyaga sohaga oid 5 231 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 92,6 foizi, ya’ni 4 677 tasi ijobiy hal etilgan.
  • Mahallalarda tashkil etilgan 83 ta sayyor qabullarda 337 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib, 308 tasi o‘zining ijobiy yechimini topgan.
  • Soha va tarmoqlarni raqamlashtirishga oid belgilangan 1 200 dan ortiq loyihalar ijrosi monitoring qilinib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha vazirik va idoralarga 242 ta ogohlantirish berilib, 18 ta tashkilotlarda o‘rganish o‘tkazilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.