Moskvada zo‘rlashga urinishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik fuqaro hibsga olindi

фото: uleoparda.ru

Moskvaning Taganskiy rayon sudi xiyobonda qizga hujum qilib, zo‘rlashga uringanlikda ayblanayotgan Mansur Xayitovni hibsga oldi. Bu haqda Lenta.ru sud matbuot xizmatiga tayangan holda xabar beradi.

Erkak ikki oy – 26-dekabrga qadar tergov hibsxonasida qoladi. Unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 131-moddasi 1-qismi (“Zo‘rlashga urinish”), 132-moddasi 1-qismi (“Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakati”) va 161-moddasi 2-qismi «d» bandi (“Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘ravonlik qo‘llash yoki bunday zo‘ravonlik tahdidi bilan sodir etilgan talonchilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Voqea 25-oktyabr kuni Moskvadagi  “Proektiruemыy proezd” hududida sodir bo‘lgan. Gumondor o‘zi tanimagan qizga hujum qilib, uning telefonini o‘g‘irlab, zo‘rlashga uringan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.