Muhammadsodiq Sodiqov jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Foto: Olamsport

Tojikistonda yakuniga yetib borayotgan dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor boʻldi. -100 kg vazn toifasida ishtirok etgan Muhammadsodiq Sodiqov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Sportchi final bahsida dzyudo vatani boʻlmish yaponiyalik Nozomu Mikidan ustun keldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi yakkalik bellashuvlarini 1 ta oltin va 3 ta bronza medallari bilan yakunladi. Ertaga aralash jamoaviy dasturdagi bahslar oʻtkaziladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.