,

Taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi

Foto: Instagram / Yusufxon Nurmatov

Mashhur bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Musaxon Nurmatov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 56 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda o‘g‘li Yusufxon Nurmatov ma’lum qildi.

Bastakor faoliyati davomida Ozodbek Nazarbekov, Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayev, Abdurashid Yo‘ldoshev, Bahrom Nazarov, Mansurxon va Yusufxon Nurmatov kabi ko‘plab san’atkorlarning qo‘shiqlarini bastalab bergan.

So‘nggi yillarda esa ijodkorning g‘oyasi va prodyusserligida “Jurnalist” va “Qodirxon” kabi seriallar suratga olingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.