Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi mushukni 2-qavatdan tashlab yubordi

Foto: Qalampir.uz

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkentdagi 62-maktabda o‘qituvchi mushukka shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat e’lon qildi.

Uchtepa tumanidagi 62-sonli umumta’lim maktabida joriy yilning 27-sentabr kuni soat 17:30 lar atrofida 7-“G” sinf o‘quvchilari ona tili darsiga o‘zboshimchalik bilan mushuk olib kirgan. O‘qituvchi D. X. o‘quvchilar dars mashg‘ulotlari paytida chalg‘imasligi uchun mushukni derazadan tashlab yuborgan. Sinf xonasi 2-qavatda joylashganligi aytilmoqda. Mushuk veterinar shifokor ko‘rigidan o‘tkazilganda jiddiy jarohat yetmaganligi aniqlandi.

Voqeadan so‘ng maktab ma’muriyati tomonidan yig‘ilish o‘tkazilib, o‘qituvchi hamda o‘quvchilarga atrof-muhit, tabiat va jonivorlarni asrab-avaylash barchaning burchi ekanligi tushuntirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.