Mustaqillik kuni Toshkent kurantlari bezatildi. Madaniy meros agentligi bezatish ishlari muvofiqlashtirilgani yoki yo‘qligi haqidagi so‘rovga javob bermadi
1947-yilda qurilgan va moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obуektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan Toshkent kurantlari О‘zbekiston Mustaqilligi bayrami munosabati bilan bezatildi.
Madaniy meros agentligi Anhor.uz nashrining bezatish ishlari agentlik bilan muvofiqlashtirilgani yoki yo‘qligi haqidagi so‘roviga javob bermadi, faqat “bezaklar olib tashlandi” degan qisqa izoh berdi.
2020-yil dekabr oyida О‘zbekiston Madaniyat vazirligi qonunga xilof ravishda o‘rnatilgan bant va lentalarni demontaj qilishni talab qilgan edi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi (265-sonli) qaroriga muvofiq, madaniy meros obуektlari va ularning muhofaza etiladigan hududlarida yer qazish, qurilish, melioratsiya va boshqa tadbirlar faqat Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy ekspert kengashida ko‘rib chiqilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Sharhlar