Namanganda attraksionda nosozlik kelib chiqdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Chust tumani Madaniyat va istiroxat bog‘ida attraksiondan fuqarolar tushib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Ushbu holatni tuman hokimligi tasdiqladi. Unga ko’ra, 2024-yil 30-iyul kuni, Chust bog‘ida Attraksionni boshqarish davomida texnik nosozlik sabab, attraksion daraxt shoxiga urilgan. Natijada 3-kishi yengil tan jarohati 1-nafar fuqaro Oyoq son suyagi sinishi tufayli tez yordam bo‘limiga olib borilgan.
“Bemorlarga Tez yordam ko‘rsatilgan va o‘sha kunni o‘zida barchalariga javob berilgan. Ayni damda Reanimatsiya bo‘limida og‘ir ahvolda ekan deb aytilgan xabarlar asossiz. Ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilot xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Sharhlar