Ukraina eng yirik neft zavodlariga zarbalar bergach, Rossiya yonilg‘i ishlab chiqarishning qariyb 10 foizidan ayrildi
Ukraina dronlari mart oyida Rossiyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar bergach, mamlakatda yonilg‘i ishlab chiqarishning qariyb o‘ndan bir qismi to‘xtab qoldi.
Ayni paytda Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab turgan birlamchi uskunalarning jami quvvatining 13 foizi avariya tufayli to‘xtab qolgan. Bu haqda Reuters sohadagi manbalari ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Agar faqat benzin va dizel yonilg‘isini chiqaradigan neft zavodlari hisobga olinsa, iqtisodiyot ishlab chiqarishning deyarli 9 foizini yoki qayta ishlanadigan neft hisobida sutkasiga 77,4 ming tonnani yo‘qotgan bo‘ladi.
Uchuvchisiz uchar qurilmalar hujumi tufayli neftni qayta ishlash zavodlarida to‘planib qolgan avariyaviy to‘xtab turish 3,5 million tonnaga yetgan, bu avvalgi ikki yil ichidagi jami summadan 10 marta ko‘p demakdir. Shu bilan birga, neftni qayta ishlash bo‘yicha zarar ko‘rgan uskunalar soni uch karra o‘sgan, marta o‘rtalariga kelib esa avariyaviy to‘xtab qolish hajmlari rejali ta’mirlashlardan 1,4 marta oshib ketgan.
Ishlab chiqarishning pasayishi allaqachon yonilg‘ining ulgurji narxlari keskin ko‘tarilib ketishiga olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina 2 kun ichida Rossiya neftni qayta ishlash sanoatining 12 foizini ta’minlovchi zavodlarni ishdan chiqargani xabar berilgan edi.
Sharhlar