Nobel mukofoti egalari aniqlandi

Foto: BBC

2024-yilning Fizika bo’yicha Nobel mukofoti neyron tarmoqlarida mashinaviy o‘qitishni ta’minlaydigan kashfiyotlar va ixtirolari uchun olimlar Jon Hopfild va Jeffri Xinton tomonidan qo’lga kiritildi. Bu haqida BBC xabar bermoqda.

O‘tgan yili esa, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Pyer Agostini, Ferents Krauz va Ann Lyuyega atom ichiga “qarash” imkonini beruvchi ultrashort lazer impulslari texnologiyasini eksperimental ishlab chiqqani uchun topshirilgan edi.
1901-yildan boshlab fizika bo‘yicha Nobel mukofoti 117 marta topshirilgan va bu vaqt mobaynida mukofotni jami 225 kishi olgan.

Shved Nobel haftaligi an’anaviy ravishda oktyabr oyining boshida Stokgolmda bo‘lib o‘tadi. Fizika bo‘yicha mukofot ikkinchi bo‘lib taqdim etiladi.
Birinchi kun tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha laureatlar e’lon qilindi. Keyin esa fizika, kimyo, adabiyot mukofotlari topshiriladi, haftaning yakunida Nobel tinchlik mukofoti e’lon qilinadi. Ushbu mukofot nafaqat jismoniy shaxsga, balki tashkilotlarga ham berilishi mumkin. Bu yagona mukofot bo‘lib, uni Shved emas, balki Norvegiya fanlar akademiyasi taqdim etadi.

Bundan tashqari, 1969-yildan boshlab Shvetsiya Markaziy banki tashabbusi bilan Nobelning vasiyatida ko‘rsatilmagan iqtisodiyot bo‘yicha ham mukofot berila boshladi.
Fizika – Alfred Nobel vasiyatida birinchi bo‘lib tilga olingan ilmiy soha. Vasiyatda fizikaga tegishli mukofot Shved Qirollik Fanlar Akademiyasi tomonidan topshirilishi kerakligi ham qayd etilgan.
Akademiya 1739-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunga kelib, unda 450 ga yaqin shved va 180 chet ellik olimlar faoliyat yuritmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.